INTERNATIONAL YOUTH PEACE SUMMIT 2026

Oʻzbekistonda ilk bor yoshlar oʻrtasida tinchlik, hamkorlik va global muloqotni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda. Xalqaro yoshlar tinchlik deklaratsiyasini birgalikda ishlab chiqamiz!

📅 13-17 May (Onlayn) | 18 May (Oflayn, Toshkent)

Ro'yxatdan o'tish

Tashkiliy Qo'mita va Hamkorlar

Sammit "Oltin qanot" volontyorlar jamoasi, Yosh volontyorlar akademiyasi va "Ixlos" Toshkent shahar nogiron talabalar uyushmasi koordinatorligida oʻtkaziladi.

Mahalliy Tashkilotlar

Mahalliy tashkilotlar: Vazirliklar, qo‘mitalar, nodavlat va davlat ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari, tashabbuskor guruhlar, ommaviy axborot vositalari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar

Xalqaro Hamkorlar

International World in Korea (IWIK), Youth Break the Boundaries (YBB), IFERP va Turkiya yoshlar tashkilotlari.

Xorijiy Delegatlar

Rossiya, Turkiya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston, Yevropa va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan keluvchi yosh yetakchilar.

Sammit Yo'nalishlari (Qo'mitalar)

1. Xalqaro yoshlar diplomatiyasi

Xalqaro delegatsiyalar va mahalliy yoshlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa va diplomatik muloqot o'rnatish.

2. Ekologiya va barqaror rivojlanish

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida ekologik muammolarga yoshlar yechimi.

3. Yoshlar huquqlari

BMTning yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyasi va inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosida.

4. Ijtimoiy va taʼlim sohasidagi hamkorlik

Ta'lim, madaniyat va volontyorlik harakati sohalaridagi tashabbuslarni birgalikda amalga oshirish.

5. Xalqaro ishonch va volontyorlik

Mintaqada oʻzaro ishonch va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlar volontyorligini rivojlantirish.

6. Maxsus qoʻmita

Deklaratsiya matnini shakllantirish, takliflar berish va BMTga taqdim etish uchun yakuniy hujjat ustida ishlash.

Ko'p Beriladigan Savollar

Kimlar ishtirok etishi mumkin? +

Sammitda 14 yoshdan 35 yoshgacha boʻlgan yoshlar, talabalar, volontyorlar va turli soha mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.

Sammit qachon va qayerda bo'lib o'tadi? +

Gibrid shaklda: 13, 14, 15, 16, 17-may kunlari Telegram/Zoom orqali onlayn, va 18-may kuni soat 10:00 da Toshkent shahri Hilton mehmonxonasida oflayn tarzda.

Ishtirok etish tartibi qanday? +

Rasmiy bot yoki sayt orqali anketa to'ldiriladi. Ariza tarkibida Tinchlik deklaratsiyasi uchun taklif (esse/tezis) yoziladi. Eng yaxshi taklif egalari delegat sifatida taklif qilinadi.

Xarajatlar qoplanadimi? +

Xorijdan keladigan delegatsiyalar uchun yotoqxona va boshqa xarajatlar qisman qoplanadi. Toshkentda oflayn ishtirok etish majburiy emas, kelmoqchi bo‘lgan mahalliy yoshlar uchun xarajatlar qoplanmaydi.

Hamkorlik qilish mumkinmi? +

Ha, albatta. Sammit doirasida har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Hamkorlik shartlari hamda qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun quyidagi aloqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: +998 94 924 01 15.

Media

Hilton

❤️ Ezgulikda birlashaylik - Hilton 1,2-mavsum

YouTube
Samarqand

💗 Samarqand yoshlar forumi

Telegram
Farg'ona

🧡 Farg'ona yoshlar sammiti (2021, 2023, 2025)

2021 (Telegram) 2025 (Telegram)
Termiz

💙 Islohatchi yoshlar konferensiyasi - Termiz

YouTube
Shahrisabz

💚 Shahrisabz yoshlar festivali

Telegram
Andijon

🖤 Andijon yoshlar sammiti

Telegram
Namangan

❤️ Namangan yoshlar sammiti

YouTube
Street-shou

💗 Street-shou

YouTube

Biz Bilan Bog'lanish

Telefon:
+998 (94) 924-01-15

Manzil:
Toshkent shahri, Olmazor tumani, Talabalar shaharchasi, 2 ("INNO" texnoparki)

Telegram Bot:
@oltinqanot_registrator

Veb-sayt:
www.yoshlarsammit.uz

Office Building

Sammit ta'riflari

🎯

Mahalliy delegatsiya

Ishtirokchilar sammitda onlayn yoki oflayn shaklda qatnashishlari mumkin.

Ro'yxatdan o'tish: @oltinqanot_registrator

🌍

Xalqaro delegatsiya

Ishtirok etish bepul. Ishtirokchilarga 2 kunlik yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi hamda esdalik sovg'alari taqdim etiladi.

Ro'yxatdan o'tish sammitning rasmiy sayti orqali amalga oshiriladi.

🤝

Hamkorlik paketlari

Har qanday jismoniy va yuridik shaxslar sammit doirasida hamkor bo'lishlari mumkin.

Bog'lanish uchun: +998 (94) 924-01-15

🥉 Bronza

Narxi: 2 000 000 so'm
Joylar soni: 5 nafar ishtirokchi

🥈 Kumush

Narxi: 4 000 000 so'm
Joylar soni: 10 nafar ishtirokchi

🥇 Oltin

Narxi: 6 000 000 so'm
Joylar soni: 15 nafar ishtirokchi

Hamkorlarga taqdim etiladigan imkoniyatlar:

✔️ Logotipni joylashtirish
✔️ Onlayn va oflayn reklama
✔️ Ko'rgazmada ishtirok etish
✔️ Video roliklarda ishtirok etish