← Asosiy sahifaga qaytish

"International Youth Peace Summit-2" Xalqaro sammiti haqida hisobot

Umumiy ma'lumot

O‘zbekiston Respublikasida “Oltin Qanot” volontyorlari tomonidan “International Youth Peace Summit-2” nomli xalqaro yoshlar sammiti muvaffaqiyatli tashkil etildi. Tadbir yoshlarni tinchlik, hamkorlik, o‘zaro hurmat va global muloqot kabi muhim masalalar atrofida birlashtirish, ularning xalqaro miqyosdagi muammolar yuzasidan fikr almashish hamda konstruktiv yechimlar ishlab chiqishiga imkon yaratish maqsadida o‘tkazildi.

2026-yil 22–23-24-25-26-may kunlari sammit onlayn shaklda Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Unda O‘zbekistonning turli hududlaridan hamda dunyoning turli davlatlaridan yoshlar, volontyorlar va xalqaro ishtirokchilar qatnashdi. Sammit davomida har bir kun uchun alohida mavzular belgilangan bo‘lib, ular bo‘yicha tajribali spikerlar tomonidan taqdimotlar, ochiq muloqotlar va interaktiv sessiyalar olib borildi.

Ishtirokchilar

Sammitda O'zbekiston barcha hududidan faol ishtirok etdi:

Vodiy Voha Qoraqalpog'iston Toshkent

Tadbir ishtirokchilari soni:

ToifaSon
Tashkilotchilar~13 nafar
Mahalliy delegatlar~160 nafar
Eng yaxshi delegatlar11 nafar

Sammitning yo'nalishlari (Qo'mitalari)

Sammit doirasidagi muhokamalar va deklaratsiya bandlari quyidagi asosiy yo'nalishlarda olib borildi:

Ishtirokchilar tinchlik va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, yoshlarning global jarayonlardagi ishtiroki hamda zamonaviy muammolarga yoshlar nuqtayi nazaridan yechimlar ishlab chiqish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, yoshlar “Xalqaro yoshlar tinchlik deklaratsiyasi” (International Youth Peace Declaration) ustida jamoaviy ish olib borib, xalqaro tinchlik, hamkorlik va yoshlar tashabbuslarini rivojlantirishga qaratilgan o‘z taklif va tavsiyalarini ilgari surdilar.

Sammitning asosiy natijasi

Sammitning so‘nggi kunida ishtirokchilar bugungi kunning eng muhim va global masalalaridan biri — gender tengligi mavzusini muhokama qildilar. Ushbu sessiya doirasida “Should Men and Women Have Equal Opportunities?” mavzusida debat tashkil etildi. Debat davomida ishtirokchilar gender tengligi, ta’lim, bandlik, yetakchilik va jamiyatdagi imkoniyatlarning tengligi kabi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini ilgari surib, qarama-qarshi nuqtayi nazarlarni asosli dalillar orqali himoya qildilar.

Debat jarayonida har bir ishtirokchining chiqishi, argumentlari, muloqot madaniyati, tanqidiy fikrlashi va jamoada ishlash qobiliyati o‘z yo‘nalishida faoliyat yurituvchi professional yetakchilar va baholovchilar tomonidan nazorat qilinib, belgilangan mezonlar asosida baholandi.

“International Youth Peace Summit-2” yoshlarning xalqaro muloqotdagi ishtirokini kuchaytirish, turli davlat vakillari o‘rtasida o‘zaro tushunish va hamkorlikni rivojlantirish hamda yoshlarning global muammolarni muhokama qilish va ularga yechim taklif etish salohiyatini namoyon qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.